Yer maydonlarini noqonuniy egallashda jazo muqarrar

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo’limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yerlarning hisobini yuritish bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, ayniqsa, qishloq xo’jaligi yerlaridan oqilona va samarali foydalanishni targ’ib etishga qaratilgan keng ko’lamli targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Shunga qaramasdan viloyatda yerdan noqonuniy foydalanish, yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, boshqarma hamda tuman (shahar) bo’limlari tomonidan joriy yilning o’tkan 9oyi davomida 1210ta holatda 733.80 gektar yermaydoni o’zboshimchalik bilan egallab olinib,  ularning ma’lum qismiga noqonuniy qurilmalar qurilganligi holati aniqlandi.  

Tahlilga ko’ra, o’zboshimchalik bilan egallab olingan 733.80 gektar yer maydonining 705.46 gektari qishloq xo’jaligiga, 11.02 gektari aholi punktlariga, 0.73 gektari suv fondi, 4.53 gektari sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik ob’yektlarga, o’rmon fondiyerlari 0.92 gektar, qolgan qismi esa boshqa turdagi yerlarga tegishli ekanligi ma’lum bo’ldi. 

Qonun buzilish holatlari o’rganilganda 592 tasi uy-joy qurish, 225 tasi noturar qurilishlar qilish, 12 tasi ko’p yillik dov-daraxtlar ekib olish, ikkittasi noqonuniy baliq hovuz qurish, 166 tasi esa boshqa maqsadlarda yerlardan noqonuniy foydalanib kelgan.

Yerga oid aniqlangan 1210 ta qonun buzilish holati bo’yicha uni sodir etgan shaxslarga qonun buzilish holatini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari, ko’rsatmalar yuborildi. Ko’rilgan choralar, tushuntirish ishlari natijasida  682 ta noqonuniy holat bartaraf etildi.

Olib borilgan targ’ibot tashviqot tadbirlari va qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etish bo’yicha berilgan muddatlar ichida qonun buzilish holatlarini bartaraf etmaganlar uchun noqonuniy qurib olingan qurilmalarni majburiy tartibda buzdirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlariga da’vo arizalar kiritildi.

Bundan tashqari, yerdan foydalanish bo’yicha 57 ta noqonuniy holatda jinoyat alomatlari mavjud bo’lganligi sababli Huquqni muhofaza qiluvchi organlariga huquqiy baho berish uchun tegishli tartibda hujjatlar taqdim etildi.

Shuningdek, o’rganishlar davomida joriy yilning o’tkan 9 oyi mobaynida 271 ta holatda 7018,2 yer maydonidan maqsadsiz foydalanilayotganligi aniqlandi. Mazkur holatlar bo’yicha mahalliy hokimliklarga belgilangan tartibda taqdimnomalar kiritilib, maqsadsiz foydalanilayotgan yer maydonlarini hokimliklar zahirasiga qaytarish choralari ko’rilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassislarimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksga asosan, shu yilning 9 (to’qqiz) oyi davomida davlat yer, kadastr geodeziya nazorati sohasidagi qonun buzilish hujjatlarini bartaraf etishda 1 ming 400 nafar huqubuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, uning tuman (shahar) bo’limlari mutaxassislari tomonidan yerdan foydalanish bo’yicha o’rganishlar davom etmoqda.

MENGLIMAMAT ABDIRAXMANOV

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan