Adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan foydalanish ham mumkin emas.
Intellektual mulk depatramentining xabar berishicha, oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish:
— fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 650 ming soʻmdan 3 mln 300 ming soʻmgacha);
— mansabdor shaxslarga 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (3 mln 300 ming soʻmdan 6 mln 600 ming soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda (33 mln soʻmdan 66 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻladi.