Xitoy raisi oʻrinbosari Xan Chjen Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari oʻzining telegram kanaliga yozib qoldirdi.
“Rahbarlarimiz oʻrtasida yaqin doʻstlik va ikki tomonlama munosabatlari barcha sohalarda yuqori surʼatlarda rivojlanayotganini yana bir bor taʼkidladik. Oʻzbekiston va Xitoy buyuk tarixiy meros va barqaror rivojlanishga qaratilgan mushtarak maqsadlarga ega”, — deydi Saidov.
Unga koʻra, soʻnggi yillarda boshqa sohalar qatorida savdo aloqalari va investitsiyaviy hamkorlik misli koʻrilmagan, koʻproq ish oʻrinlari va texnologik jihatdan rivojlangan iqtisodiyot yaratishga yoʻnaltirilgan darajaga koʻtarilgan. “Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada koʻprogʻi esa hali oldinda”, — deya taʼkidlaydi Oʻzbekiston TIV rahbari.