YERGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF QILISH MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 997-sonli Qonuni qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy jihatlari va unda quyidagi o’zgartirish va qo’simchalar kiritilgan ya’ni (Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsetsual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks, Fuqarolik protsetsual kodeksi, Iqtisodiy protsetsual kodeksi, Davlat boji to’g’risidagi Qonun) xujjatlariga o’zgartirishlar kiritilgan.

Qonunning maqsadi…

  • Yer uchastkalaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash.
  • O‘zboshimchalik bilan yer egallash va noqonuniy imorat qurish holatlarini kamayishiga xizmat qilish.
  • Qonun buzilishlariga nisbatan ta’sir choralarining mutanosibligi va yetarliligini ta’minlashga qaratilgan.

Davlat mulkida bo’lgan yer uchastkalarini qaytarish va noqonuniy imoratlarni buzish bo’yicha ish yuritishning o’ziga xos xususiyatlari.
Prokuratura yoki vakolatli davlat organi o’zboshimchalik bilan egallangan davlat yerlarini qaytarish va qurilmalarni buzish haqida sudga da’vo arizasi kiritish huquqiga ega.

Davlat mulkida bo’lgan yer uchastkasini qaytarish va o’zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzish to’g’risidagi da’vo arizasiga ushbu hujjatlar ilova qilinishi kerak.

  • Dalolatnoma – vakolatli organ tomonidan qonunbuzarlik tasdiqlangan hujjat
  • Ogohlantirish xati – vakolatli organ tomonidan qonunbuzarlikni ixtiyoriy bartaraf etish (buzish) bo’yicha habar.
  • Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida ma’lumotlar
  • Huquqbuzarlik sodir etilganligini tasdiqlovchi hujjat.
  • Ishni ko’rib chiqish muddati – sud ishni qo’zg’atish to’g’risida ajrim chiqargan kundan e’tiboran 20 kun ichida.

Eslatma, ushbu qonun hujjatlari yer uchastkalarini to’g’ri boshqarish, noqonuniy harakatlarni bartaraf etish va fuqarolar uchun qonniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Etibor qaratish lozimki, yer qonun buzilish holatlari uchun javobgarliklar kuchaytirildi.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi
2-qismi bilan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishda:

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o’ttiz baravari,;

Mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
60-moddasi 3-qismi bilan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari,;

Mansabdor shaxslarga esa — to‘rt yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Yer nazorati tadbirlari davomida Kadastr agentligi Termiz tuman bo’lim inspektorlari tomonidan tumanning “Qahramon” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan ushbu mahalla hududidagi ichki yo’l muhofaza hududiga tegishli bo’lgan 0.01 gektar yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, 28 metr uzunlikda devor to’sig’i qurib olganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan, Termiz tuman bo’limi inspektorlar tomonidan fuqaroning noqonuniy qurib olgan devor to’sig’iga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qarori qabul qilingan hamda 15 kun muddatda noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish bo’yicha yozma ko’rsatma ham berildi.

Shundan so’ng, fuqaro tomonidan o’zboshimchalik bilan qurib olgan devor to’sig’i o’z hisobidan bartaraf etilib, yer maydoni o’z holatiga qaytarilishi ta’minlandi.

Unutmang, Yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i M.Abdiraxmanov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan