Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida ham sharqona yangi yil – Navro‘zi olam munosabati bilan sumalak sayli tashkil etildi.

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida milliy qadriyat va an’analarimiz xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘liq milliy taom sumalak tayyorlandi.

Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xos bo‘lgan sumalak sayli kishilarni hamjihatlikka, birdamlikka undashi, mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan