2021 yil 6 sentyabr kuni Oʻzbekiston-Bangladesh biznes forumi boʻlib oʻtdi
Ushbu Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov hamda Bangladesh Bosh Vaziring xususiy sektor sanoati va…
Ushbu Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov hamda Bangladesh Bosh Vaziring xususiy sektor sanoati va investitsiyalar boʻyicha maslahatchisi Salmon Fazlur Rahmon ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan sohalar boʻyicha iqtisodiy imkoniyatlar toʻgʻrisidagi taqdimotlar namoyish etildi.
Ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Bangladesh Savdo-sanoat palatasi federatsiyasi oʻrtasida Ishbilarmonlar kengashini tuzish toʻgʻrisida shartnoma almashildi.