Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Koʻksaroyda Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi. Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir…

Koʻksaroyda Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi.

Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Bu haqda Prezident mabuot xizmati xabar berdi. 

Qarorgoh oldidagi maydonda davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan soʻng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Mavzuga oid