Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sadir Japarov rafiqasi bilan birga Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent shahri xalqaro aeroportida mehmonlarni Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi. 18 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov…

Sadir Japarov rafiqasi bilan birga Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent shahri xalqaro aeroportida mehmonlarni Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.

18 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar oʻtkaziladi, ularda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Sammit yakunida qator yirik qoʻshma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Mavzuga oid