-30 daraja… Moskvada qish boshidan beri eng sovuq tun qayd etildi Moskvada 4 yanvarga oʻtar kechasi qish boshidan beri eng sovuq boʻldi, deb yozadi RBK Phobos ob-havo markazi yetakchi mutaxassisi Yevgeniy…
-30 daraja… Moskvada qish boshidan beri eng sovuq tun qayd etildi Moskvada 4 yanvarga oʻtar kechasi qish boshidan beri eng sovuq boʻldi, deb yozadi RBK Phobos ob-havo markazi yetakchi mutaxassisi Yevgeniy Tishkovetsga tayanib.…
-30 daraja… Moskvada qish boshidan beri eng sovuq tun qayd etildi
Moskvada 4 yanvarga oʻtar kechasi qish boshidan beri eng sovuq boʻldi, deb yozadi RBK Phobos ob-havo markazi yetakchi mutaxassisi Yevgeniy Tishkovetsga tayanib.
Sinoptikning taʼkidlashicha, bazaviy meteorologiya stantsiyasida havoning minimal harorati -26,4 darajani tashkil etgan, Balchugada -24,8 darajagacha, Tushinoda esa -27,1 darajagacha tushgan.
“Bu qishning eng sovuq kechasi va iqlim normasidan 15 daraja past”, deb yozadi Tishkovets. Uning taʼkidlashicha, poytaxtda termometrlar oxirgi marta 42 yil oldin – 1982 yilda havo harorati -27,7 darajaga tushgan.
Moskva viloyatida 30 daraja sovuqlar qayd etilgan. Shaxovskaya ob-havo stantsiyasida havo harorati -30,2 daraja, Pushkinoda -30,5, Solnechnogorskda -30,8 darajaga tushdi. Eng sovuq joy Klinda boʻlgan (-31,9 daraja). “Keyingi kechalarda sovuq pasaya boshlaydi va 9-10 yanvarga kelib harorat foni oʻzining iqlimiy kanaliga qaytadi”, deb ishontirdi Tishkovets.