Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Frantsiyada vazirga vabo virusi boʻlgan xat yuborildi

Frantsiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninga tarkibida qora kukun boʻlgan maktub yuborilgan boʻlib, unda dastlabki sinovlar vabo tayoqchasining izlarini aniqlagan. Bu haqda kecha, 28 iyul kuni Dijon shahri prokuroriga tayanib,…

Frantsiyada vazirga vabo virusi boʻlgan xat yuborildi

Frantsiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninga tarkibida qora kukun boʻlgan maktub yuborilgan boʻlib, unda dastlabki sinovlar vabo tayoqchasining izlarini aniqlagan. Bu haqda kecha, 28 iyul kuni Dijon shahri prokuroriga tayanib, “Francetvinfo” teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Posilka Frantsiya sharqidagi Kot-d’Or departamentidagi pochta saralash markazida topilgan.

Joʻnatmaning tarkibi keyingi tahlil qilish uchun Parijdagi Paster institutiga yuborildi, natijalar 29 iyul kuni kechqurun tayyor boʻlishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Kot-d’Or prefekturasi bu “notoʻgʻri ijobiy natija” boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

“Frantsiya vaziriga yoʻllangan maktubda irqiy haqoratlar bor”, deb yozadi “France 3” telekanali.

Dijon jinoiy otryadi ishni tergov qilmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, vabo “juda jiddiy kasallik” boʻlib, agar davolanmasa, 30-100% ehtimollik bilan oʻlimga olib keladi.

Mavzuga oid