Malayziya BRIKSga kirish uchun ariza topshirdi
Malayziya BRIKS davlatlararo assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirdi, deb xabar berdi Bernama axborot agentligi 28 iyul, yakshanba kuni. “Malayziya BRIKSga raislik qilayotgan Rossiyaga tashkilotga aʼzo boʻlish yoki unda…
Malayziya BRIKS davlatlararo assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirdi, deb xabar berdi Bernama axborot agentligi 28 iyul, yakshanba kuni.
“Malayziya BRIKSga raislik qilayotgan Rossiyaga tashkilotga aʼzo boʻlish yoki unda strategik sherik sifatida qatnashish boʻyicha rasmiy soʻrov yubordi”, — deya mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohimning soʻzlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, 27 iyul kuni Kuala Lampurga tashrif bilan kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvida Malayziyaning guruhga qoʻshilishi masalasi asosiy mavzu boʻlgan. Malayziya hukumati BRIKSga qoʻshilish niyatini iyun oyi oʻrtalarida eʼlon qildi, deya qoʻshimcha qiladi Bernama.