Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlishga daʼvogar boʻldi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Frantsiyaning “Lans” klubi aʼzosi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Golden Boy” mukofotiga daʼvogarlar qatoriga kiritildi. Bu haqda “Tuttosport” xabar…

Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlishga daʼvogar boʻldi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Frantsiyaning “Lans” klubi aʼzosi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Golden Boy” mukofotiga daʼvogarlar qatoriga kiritildi. Bu haqda “Tuttosport” xabar berdi.

Manbaga koʻra, 20 yoshli Husanov TOP-100 roʻyxatning 87-pogʻonasidan oʻrin olgan. 

Qayd etish joiz, mazkur sovrin 2003 yilda joriy etilgan boʻlib, mukofot har yili 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchiga beriladi.

Maʼlumot uchun, Abduqodir Husanov oʻtgan mavsumda “Lans” tarkibida 16 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 2,5 million yevroni tashkil etadi.

Mavzuga oid