Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Afrika terrorizmning global markaziga aylandi – BMT Bosh kotibi

Afrika butun qitʼada millionlab odamlarga taʼsir qiladigan terrorizmning global markaziga aylandi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish maʼlum qildi. Guterrishning taʼkidlashicha, terrorchilik tahdidi koʻplab Afrika…

Afrika terrorizmning global markaziga aylandi – BMT Bosh kotibi

Afrika butun qitʼada millionlab odamlarga taʼsir qiladigan terrorizmning global markaziga aylandi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish maʼlum qildi.
Guterrishning taʼkidlashicha, terrorchilik tahdidi koʻplab Afrika mamlakatlarida, jumladan Somali, Kongo Demokratik Respublikasi va Mozambikda hamon saqlanib qolmoqda.

Jahon tashkiloti rahbarining fikricha, jahon hamjamiyati, birinchi navbatda, Afrika qitʼasining rivojlanishi va u yerda inson huquqlariga rioya etilishiga koʻmaklashish uchun zudlik bilan chora koʻrishi kerak.

“Izolyatsiya, tengsizlik, maktabda taʼlim olish imkoniyatining cheklanganligi, kasbiy imkoniyatlarning yetishmasligi, hukumat, muassasalar va qonunlarga boʻlgan ishonchning susayishi, inson huquqlarining buzilishi va jazosizlik hissi terrorizmning tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Biz bu ayovsiz doirani buzishimiz kerak”, – deya taʼkidladi u.
Bosh kotib Afrikaning ulkan salohiyatga ega ekanligini, ammo terrorizm magʻlub boʻlgandagina buni amalga oshirish mumkinligini taʼkidladi

Mavzuga oid