Aholi murojaatlari oʻzlarining ishtirokida koʻrib chiqilmoqda
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini taʼminlash, odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirishga doir…
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini taʼminlash, odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirishga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, sudlar tomonidan jamiyatda qonun va inson
huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish, fuqarolarning
vajlarini oʻzlarining ishtirokida koʻrib chiqish choralarini koʻrib,
shaxsiy qabul va joylarda fuqarolarni sayyor qabul qilish ishlariga
alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Murojaatlarni belgilangan tartibda adolatli hal etilishini taʼminlash, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Navoiy viloyati sudlari tomonidan fuqarolarning 693 murojaatlari boʻyicha joylarga chiqib, ularning sud-huquq masalalaridagi muammolari oʻrganildi. Murojaatlarning 180 tasi qanoatlantirilgan boʻlsa, 417 ta murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi, 96 ta murojaat taalluqliligi boʻyicha yoʻnaltirildi.
Xususan, Karmana tumani, “Doʻrman” MFYda yashovchi fuqaro Davlatova mol-mulk masalasidagi muammosi sud orqali hal boʻlganligini bildirib, Navoiy viloyat sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga tashakkurnoma bildirdi.
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlarida mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsiz
boʻlib, hech kim ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga
haqli emas. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish amalda ijro etilmoqda.
Aziza Roʻziyeva
Navoiy viloyat sudi jamoatchilik va OAVlar
bilan aloqalar boʻlimi bosh konsultanti