Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Aldanib qolmang! Uzcard ning soxta veb-sayti aniqlandi

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan oʻtkazilgan internet monitoringi davomida, internet-firibgarlari tomonidan oʻzlarining jinoiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun “Yagona Umumrespublika Protsessing…

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan oʻtkazilgan internet monitoringi davomida, internet-firibgarlari tomonidan oʻzlarining jinoiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” (UZKARD)ning soxta veb-sayti (havolasi: https://uz-investt.space) faoliyat koʻrsatayotganligi aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bergan.

Mazkur «feyk» veb-sayt orqali “UzCard Investment” loyihasi doirasida milliy bank xizmatlarining faol foydalanuvchilariga bir martalik 994 ming 558 soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanishi, buning uchun foydalanuvchilarning shaxsiga oid va bank plastik kartasi maʼlumotlari, telefon raqamini hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlari talab etiladi.

Natijada, katta mablagʻga ega boʻlish istagida boʻlgan foydalanuvchi tasdiqlash kodini «feyk» resursga kiritishi bilan internet-firibgar tomonidan bank plastik kartasini boshqarish huquqini qoʻlga kiritilishiga va undagi mablagʻlarni noqonuniy ravishda egallanishiga shart-sharoit yaratadi.

Shu sababli, barcha internet foydalanuvchilarini, ayniqsa Uzcard toʻlov tizimi mijozlarini mazkur «feyk» veb-saytning noqonuniy faoliyati toʻgʻrisida ogoh boʻlishlari, toʻlov tizimlaridan foydalanayotganlarida esa, ularning rasmiy veb-saytlarida taqdim etilgan xizmatlarga murojaat etishlari soʻralmoqda. 

Mavzuga oid