Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Amitabh Bachchan, Rekha va Dharmendra: Bollivud yulduzlarining murakkab hayoti haqidagi koʻpchilikka nomaʼlum faktlar (foto)

«Disko raqqosi», «Zita va Gita», «Qasos va qonun» — ushbu hind filmlari aktyorlarga dunyo miqyosida mashhurlik olib kelgan. Ular chiroyli, yosh va muvaffaqiyatli boʻlishiga qaramay, sahna ortida koʻp qiyinchiliklarga duch kelgan.…

«Disko raqqosi», «Zita va Gita», «Qasos va qonun» — ushbu hind filmlari aktyorlarga dunyo miqyosida mashhurlik olib kelgan. Ular chiroyli, yosh va muvaffaqiyatli boʻlishiga qaramay, sahna ortida koʻp qiyinchiliklarga duch kelgan.

Amitabh Bachchan, 78 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Nafaqat kino aktyori, balki siyosatchi, prodyuser va teleboshlovchi ham. Uchta Milliy film va 11 ta Filmfare mukofoti sovrindori. Hindistonning eng yuqori fuqarolik mukofotlari bilan taqdirlangan. «Qasos va qonun» Amitabh uchun omadli filmga aylandi, lekin uning ishtirokidagi boshqa filmlar ham juda mashhur edi. U hali ham suratga tushmoqda! Shuningdek, uning oʻgʻli Ayshvariya Rayga uylangan. Amitabhning oʻzi esa yulduzlar sulolasining ajdodiga aylandi.

Mitxun Chakraborti, 71 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Tan olish kerak, koʻpchilik bolaligida bu filmni tomosha qilgan. 1982 yilda «Disko raqqosi» filmi chiqdi va Chakraborti tom maʼnoda mashhur boʻlib uygʻondi. Film klassikaga aylandi va Jimmi nomi hamma joyda jarang sochdi. Aktyor faoliyati davomida 350 ta filmda rol oʻynagan! U mashhurligiga qaramay, umr boʻyi rafiqasi Yogita Baliga sodiq qoldi. Aktyor hanuzgacha filmlarda bir-biridan ajoyib rollarni ijro etmoqda.

Rekha, 66 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Rekha birinchi rolini 12 yoshida ijro etgan. U aktrisa boʻlish uchun maktabni tashlab ketgan, chunki suratga tushish ishlari koʻpligidan darslarni qoldira boshlagan, natijada unga oʻqishga ruxsat berilmagan. Boʻlajak yulduzning oilasi esa pulga juda muhtoj edi. Rekha kino olamida oʻz oʻrniga ega boʻlgan vaqtlarda Amitabh Bachchan bilan munosabatlaro jiddiylashdi. Lekin aktyor Amitabh uylangan edi, ularning ishqiy munosabati Bollivudning haqiqiy hayotidagi shousiga aylandi. Juftlik haqidagi maʼlumotlar muntazam ravishda yangiliklarda paydo boʻlar, gazeta va jurnallar tafsilotlarni xush koʻrar edi. Baʼzilar yaqin orada ikki yulduzning toʻyini orzu qilar, boshqalari Amitabhni xiyonatda ayblardi. 1982 yilda Bachchan sahnada jiddiy jarohat oldi va bir necha hafta komada yotdi, shundan soʻng Rekha bilan boʻlgan aloqani uzdi va nihoyat oilasiga qaytdi. Rekha hozirda ham yolgʻiz, Mumbayda singlisi va jiyani bilan yashaydi va vaqti-vaqti bilan filmlarda suratga tushadi.

Dharmendra, 85 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Dharmendra 19 yoshida oila qurgan va uning ikki nafar farzandi bor: ularning ikkisi ham hozir Hindistonda mashhurlikka erishgan aktyorlardir. Biroq majburan baxtli boʻlish qiyin va jamiyatning bosimiga qaramay, Dharmendra oʻz oilasini tashlab, butun hayotini oʻzgartirishga qaror qilgan. Shundan soʻng Dharmendra «Zita va Gita» filmida suratga tushishga taklif qilindi. Suratga olish maydonchasida u Hema Malini bilan uchrashdi. Ular Bollivudda eng ajoyib juftligi edi. Ajralish, oʻzaro xiyonat va boshqa gʻiybatlar haqida koʻplab mish-mishlarga qaramay, yulduzlar turmush qurib, Esha va Axana ismli qizlarning ota-onasiga aylandi. Hema va Dharmendra uzoq vaqtdan beri ekrandagi eng muvaffaqiyatli juftlik boʻlgan. Va hatto 30 yil ichida ham hech bir juftlik ulardan ustun kela olmadi.

Hema Malini, 72 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Raqs – Hemaning birinchi muhabbati, unga koʻra, u bilan abadiy qoladi. Hatto filmlarda ham, u ijro etadigan raqslari boshqa aktrisalarnikiga qaraganda ancha qiyin. Aslida u kinoga ommaviy sahna ishtirokchisi sifatida kelgan, lekin rejissyor uning isteʼdodi, yuz ifodalarini yuqori baholagan va muhim rollarni oʻrganishni taklif qilgan. Hema Gita rolida oʻynadi, shundan soʻng butun Hindistonda istiqbolli va nihoyatda goʻzal qiz mashhur boʻlib ketdi. Dharmendra bilan boʻlgan munosabatlar hamma narsaga nuqta qoʻyishi mumkin edi: Hemaning oilasida norozilik boʻronini keltirib chiqardi. Ota doimiy ravishda qiziga potentsial sovchilarning fotosuratlarini olib kelgan va koʻrsatgan. Ikki taniqli aktyorlar Sanjiv Kumar va Jitendra ham Hemani yoqtirgan. Ammo Hema ikkalasini ham rad etdi. 1978 yilda Hemaning otasi toʻsatdan yurak xurujidan vafot etdi va Hema turmushga chiqish qarori boʻyicha Dharmendraning taklifini qabul qildi. Soʻnggi yillarda Hema Malini va uning eri siyosat bilan shugʻullanadi.

Mavzuga oid