Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrixon tumanida yashovchi, 1980 y.t.…

Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrixon tumanida yashovchi, 1980 y.t. shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, kadastr tizimidagi tanishlari orqali 8 sotix noturar yer maydonini turar joy toifasiga o‘zgartirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 28 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari boshqa bir fermer xo‘jalik balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, uni xaridorga 117.500 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, 1959 y.t. shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, davlat zaxirasida bo‘lgan 25 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 85 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid