Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Anna Asti sogʻligʻi sabab kontsertlarini qoldirdi

Rossiyalik xonanda Anna Asti oyogʻidagi jarrohlik amaliyotidan soʻng mart oyidagi kontsertlarini aprel oyiga qoldirishga majbur boʻldi. Bu haqda uning oʻzi Instagramʼdagi sahifasida maʼlum qildi. Yaqinda qoʻshiqchining ikki oyogʻi…

Rossiyalik xonanda Anna Asti oyogʻidagi jarrohlik amaliyotidan soʻng mart oyidagi kontsertlarini aprel oyiga qoldirishga majbur boʻldi. Bu haqda uning oʻzi Instagramʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Yaqinda qoʻshiqchining ikki oyogʻi operatsiya qilingan. Jarrohlik amaliyotidan keyin u hali tuzalib ketishga ulgurmagan. Sanʼatkor bir oyogʻida qattiq ogʻriq borligi va hatto sezilarli oqsoqlanib yurishini aytgan.

«Yanvar oyida ikki oyogʻimni operatsiya qildim, hali butunlay tiklanmadim, chunki bir oyogʻim qattiq ogʻriyapti. Men ikki soatlik kontsertlarda jismonan bardosh berolmayman. Biz mart oyidagi gastrol safarimizni aprel oyiga qoldirishga majburmiz. Barcha chiptalar oʻz kuchida qoladi», deb yozadi Anna Asti.Shuningdek, qoʻshiqchi oyogʻidagi hozirgi ogʻriqni bartaraf qilish uchun yana bir operatsiyaga tayyor ekanini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq britaniyalik xonanda Adel sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli vaqtincha katta sahnani tark etishi maʼlum qilingandi. 

Mavzuga oid