Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

AQSh Eronga zarba berishni rejalashtirayotgani oshkor qilindi Qoʻshma Shtatlar oʻzining Iordaniya va Suriya chegarasi yaqinidagi harbiy bazasiga uchuvchisiz havo hujumi Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan…

AQSh Eronga zarba berishni rejalashtirayotgani oshkor qilindi Qoʻshma Shtatlar oʻzining Iordaniya va Suriya chegarasi yaqinidagi harbiy bazasiga uchuvchisiz havo hujumi Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan jangarilar tomonidan amalga…

AQSh Eronga zarba berishni rejalashtirayotgani oshkor qilindi Qoʻshma Shtatlar oʻzining Iordaniya va Suriya chegarasi yaqinidagi harbiy bazasiga uchuvchisiz havo hujumi Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan…

AQSh Eronga zarba berishni rejalashtirayotgani oshkor qilindi

Qoʻshma Shtatlar oʻzining Iordaniya va Suriya chegarasi yaqinidagi harbiy bazasiga uchuvchisiz havo hujumi Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan jangarilar tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblaydi, shuning uchun Tehron kuchlari yoki obʼektlariga qarshi javob hujumlari koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda Politico nashri maʼlum qildi.

Taklif etilayotgan rejalar prezident Jo Baydenning tasdigʻidan oʻtishi kerak, dedi nashrning manbalari. Hujum u roziligini berganidan soʻng boshlanadi va bir nechta nishonlarga zarbalar beriladi.
Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagon shtabining sobiq rahbari Jeremi Bash Politico nashriga bergan intervyusida avvalgi barcha cheklash choralari Tehronga yetarlicha taʼsir koʻrsatmaganini, shuning uchun «eskalatsiya muqarrar» ekanini taʼkidlagan.

Nashrning yana bir suhbatdoshi, AQShning Yaqin Sharq boʻyicha tinchlik muzokaralarining sobiq ishtirokchisi Aaron Devid Millerning aytishicha, AQShning javobi «haqiqiy mintaqaviy urushni qoʻzgʻatish» xavfini tugʻdiradi.
«Ular Eronning Qoʻshma Shtatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvga qodir emasligini bilishadi, ammo bu Hizbullohni Isroil yoki Amerika aktivlariga butunlay qarshi qoʻyishi mumkin va bu vaziyat keskinlashishiga olib kelishi mumkin», – deya ogohlantirdi u.

28 yanvar kuni AQSh Markaziy qoʻmondonligi Iordaniya shimoli-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinidagi Tower 22 bazasiga nomaʼlum dron tomonidan hujum qilingani haqida xabar berdi. Oqibatda uch nafar harbiy xizmatchi halok boʻldi, 25 nafari yaralandi. Keyinchalik jabrlanganlar soni 34 nafarga yetdi.
Baydenning aytishicha, hujum «Suriya va Iroqda faoliyat yuritayotgan, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan radikal jangari guruhlar tomonidan amalga oshirilgan».
Tehron ayblovlarni rad etib, hujumga aloqasi yoʻqligini bildirgan.

Mavzuga oid