Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

AQSh Kongressida Netanyaxuga qarshi yuzlab yahudiylar ishtirokida namoyish boʻldi

AQSh Kongressi binosida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi. Bildirilishicha, yuzlab yahudiy faollari Netanyaxu va Isroilning blokadadagi Gʻazo…

AQSh Kongressida Netanyaxuga qarshi yuzlab yahudiylar ishtirokida namoyish boʻldi

AQSh Kongressi binosida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Bildirilishicha, yuzlab yahudiy faollari Netanyaxu va Isroilning blokadadagi Gʻazo sektoridagi hujumlariga qarshi norozilik bildirish uchun Kongress binolaridan birida toʻplanishdi.

Namoyishchilar “Hoziroq oʻt ochishni toʻxtating” degan plakatlarni namoyish etdi va “Gʻazo uchun hayot”, “Falastinga ozodlik” va “Genotsidni toʻxtating” kabi shiorlarni aytdi. Shuningdek, namoyish ishtirokchilari Isroilni qurollantirmaslikka va Gʻazoda tezda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq minglab namoyishchilar Netanyaxuni AQShga bormaslikka chaqirgandi.

Mavzuga oid