AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin prostata saratoniga chalingani aytildi
2023 yil dekabr oyida mutaxassislar AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinga prostata saratoni tashxisini qoʻyib, unda jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi. Yanvar oyi boshida esa Pentagon rahbari operatsiya asoratlari tufayli shifoxonaga…
2023 yil dekabr oyida mutaxassislar AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinga prostata saratoni tashxisini qoʻyib, unda jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi. Yanvar oyi boshida esa Pentagon rahbari operatsiya asoratlari tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Merilend shtatidagi Uolter Rid tibbiyot markazi bayonotiga tayanib Meduza xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2023 yil dekabr oyining boshlarida oʻtkazilgan navbatdagi tekshiruv vaqtida Ostinga “davolanishni talab qiluvchi prostata saratoni” tashxisi qoʻyilgan. Shu munosabat bilan, 22 dekabr kuni unda “minimal invaziv” jarrohlik operatsiyasi oʻtkazilgan.
Mutaxassislarning xabar berishicha, 2024 yil 1 yanvarda vazir Ostin dekabrdagi protseduradan keyingi asoratlar, jumladan qorin, son va oyoqlardagi kuchli ogʻriqlar va bosh aylanishi tufayli Uolter Rid tibbiyot markaziga yotqizilgan.
“Dastlabki tekshiruvda siydik yoʻllari infektsiyasi aniqlandi”, deyiladi markaz xabarida.
2 yanvar kuni bemor reanimatsiya boʻlimiga oʻtkazilgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Ostin tuzalmoqda va ular vazirning “toʻliq sogʻayib ketishini” kutmoqda. Markazning aniqlik kiritishicha, bu uzoq jarayon boʻlishi mumkin.
Shifokorlarning ishontirishicha, yanvar oyida shifoxonaga yotqizilganidan beri vazir “hech qachon hushini yoʻqotmagan yoki umumiy behushlik ostida boʻlmagan”.