AQSH Tayvanni qurollantirishni bas qilishi kerak – Xitoy
Qoʻshma Shtatlar Tayvanni qurollantirishni va Xitoyning ichki ishlariga aralashishni bas qilishi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi aytib oʻtdi, deya yozmoqda “zamon.uz” “Tayvan masalasi har…
Qoʻshma Shtatlar Tayvanni qurollantirishni va Xitoyning ichki ishlariga aralashishni bas qilishi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi aytib oʻtdi, deya yozmoqda “zamon.uz”
“Tayvan masalasi har doim Xitoy-Amerika munosabatlarida eng muhim va nozik masala boʻlib kelgan. AQSH Tayvanni qurollantirishni, Xitoyning ichki ishlariga aralashishni toʻxtatishi va Xitoyni tinch yoʻl bilan birlashtirishni qoʻllab-quvvatlashi kerak”, dedi Maoning.
Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining (MXK) strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi AQSH prezidenti Jo Bayden 15-noyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Xitoy rahbari Si Szinpinni Vashingtonning Tayvanga qurol yetkazib berishni davom ettirish niyati haqida xabardor qilganini maʼlum qilgandi. Kirbiningtaʼkidlashicha, qurol-yarogʻ yetkazib berishning davom etishi AQSHning Tayvanni oʻzini-oʻzi mudofaa qilish qobiliyati bilan taʼminlash istagi bilan bogʻliq.