AQShda 105 yoshli onaxon magistrlik diplomini oldi (video)
Amerikalik Virjiniya Hislop ismli ayol 105 yoshida Stenford universitetida magistrlik darajasini olishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda UPI axborot agentligi xabar berdi. “Xudoyim, men buni uzoq kutgandim. Menga shunday daraja…
Amerikalik Virjiniya Hislop ismli ayol 105 yoshida Stenford universitetida magistrlik darajasini olishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda UPI axborot agentligi xabar berdi.
“Xudoyim, men buni uzoq kutgandim. Menga shunday daraja berilgani juda yoqimli. Men har doim oʻqishni yaxshi koʻrardim”, deydi bir asrdan koʻproq yashab qoʻygan onaxon.
Virjiniya Hislop 1941 yilda Stenford universitetida dissertatsiya ustida ishlay boshlagan, ammo Ikkinchi jahon urushi tufayli uni yakunlay olmagan. Sababi, uning eri frontga chaqirilgan, shuning uchun er-xotin kampusni tark etib, yangi yashash joyiga koʻchib oʻtishlariga toʻgʻri keldi. Shunday qilib, Hislop dissertatsiyani yakunlay olmaydi va keyinchalik oilasini boqish uchun Vashingtonga ketadi.
Biroq uning kuyovi yaqinda universitetga murojaat qilganida, u diplom olish uchun endi yakuniy dissertatsiya talab qilinmasligini aniqladi. Qisqa qilib aytganda, Virjiniya Hislop Stenfordning magistrlik diplomiga ega chiqishi uchun 83 yil talab etildi.
Stenford Oliy taʼlim maktabi dekani Daniel Shvarts Hislopni sahnaga olib chiqqanda yigʻlab yuborishidan xavotirlanganini esladi.
“Men koʻz yoshiga yetmasdan oldin olomon koʻtarilib, uni olqishlay boshladi. Virjiniya yoshligida taʼlim oldi, u shunchaki diplom olmadi. Bu qaytish va taʼlim hayotini nishonlash uchun ajoyib imkoniyatdir”, deydi dekan.
Maʼlumot oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, Stenford universiteti ayni damda “QS World University Ranking” roʻyxatiga koʻra dunyo boʻyicha beshinchi oʻrinni band qilgan.