Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

AQSHning yangi bombardimonchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi

AQSH Harbiy-havo kuchlarining eng yangi yashirin bombardimonchi samolyoti, yadro qurolini olib yurishga qodir B-21 Raider birinchi parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi. U Kaliforniyadagi Northrop…

AQSHning yangi bombardimonchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi

AQSH Harbiy-havo kuchlarining eng yangi yashirin bombardimonchi samolyoti, yadro qurolini olib yurishga qodir B-21 Raider birinchi parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

U Kaliforniyadagi Northrop Grumman obyektlaridan biridan havoga koʻtarilgan. B-21ʻning parvoz vaqti haqida hozircha maʼlumot berilmagan.

Oʻzidan oldingi B-2 kabi qanot dizayniga ega boʻlgan B-21 havoda yonilgʻi quyish imkoniyatlaridan foydalangan holda uzoq masofaga ham oddiy, ham yadroviy qurollarni dunyo boʻylab yetkazib bera oladi.

Nashrning yozishicha, har bir samolyotning narxi taxminan 750 million dollarni tashkil etadi.

Mavzuga oid