Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi soliq munosabatlari shaffofligiga xizmat qiladi

“Soliq maʼmurchiligining samarasini oshirish orqali tadbirkorlarga teng raqobat sharoitlarini yaratish”! Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar hamda OAV xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuv ayni…

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi soliq munosabatlari shaffofligiga xizmat qiladi

“Soliq maʼmurchiligining samarasini oshirish orqali tadbirkorlarga teng raqobat sharoitlarini yaratish”! Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar hamda OAV xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuv ayni shu mavzuda boʻldi.
Unda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi S.Eshmatov soʻzga chiqib, bugungi kunda vohamizda 20 mingdan ortiq tadbirkorlik subʼektlari faoliyat yuritayotganligi, soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va berilayotgan imkoniyatlar natijasida ularning safi tobora kengayib borayotganligini taʼkidladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori soliq maʼmurchiligidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri boʻldi.
Uchrashuvda mazkur qarorga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini roʻyxatga olishning yangi tartibi xususida soʻz bordi. Jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazishda soliq xavfini baholash printsiplari , “E-ijara” elektron xizmati orqali ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi, “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi hamda yangilangan Elektron hisobvaraq-faktura, shuningdek, Mahsulot va xizmatlarning identifikatsion kodi tizimlarining ishlash jarayonlari video qoʻllanmalar yordamida atroflicha tushuntirib berildi.
OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali “E-ijara” hamda “E-aktiv” interaktiv xizmatlari toʻgʻrisida koʻp marotaba eshitdik, koʻrdik. Lekin bu dasturlar bilan ishlash jarayonida yetarlicha tushunchaga ega boʻlmaganimiz sababli xatoliklarga yoʻl qoʻyayotgandik. – deydi “Surkhon-Sandvich” MChJ hisobchisi Mahliyo Boltayeva. – Bugungi uchrashuvda ushbu xatoliklar nima sababdan yuzaga kelayotganligi va qanday tartibda ishlash kerakligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻldik.
Bevosita muloqot davomida soliq xodimlari tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berishdi.
Taʼkidlash joizki, tadbirkorlarning soliq toʻgʻrisidagi bilimlari oshib borishi, soliq maʼmurchiligi yoʻlidagi izchil islohotlarning mohiyatini anglab yetishlariga xizmat qilib, oʻz faoliyatlari davomida “halollik”ni bosh mezon qilishlariga asos boʻladi. Koʻzlangan maqsad ham, tadbirkorlar va ishbilarmonlarning ochiq va shaffof faoliyatini yoʻlga qoʻyish va bosqichma-bosqich soliq yukini kamaytirib borishdir.

Mavzuga oid