Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Ayollar daftari”ga kiritilgan hotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudlari tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni aholi bilan yaqindan muloqotda boʻlish, ularning…

“Ayollar daftari”ga kiritilgan hotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudlari tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni aholi bilan yaqindan muloqotda boʻlish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Shu bilan birga, Prezidentimiz tomonidan “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha bergan topshiriqlarga koʻra, tumanda “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan, jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining raisi A.Raxmatov va fuqarolik ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi raisi O.Berdiyev tomonidan tumandagi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida tumandagi oʻnga yaqin mahhallardan “Ayollar daftari”ga roʻyxatga kiritilgan ayollarga huquqiy tushuntirish berib oʻtildi.

A.Raxmatov,
jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining raisi

Mavzuga oid