Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Ayollar haq-huquqi qonun himoyasida

Gender zoʻravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy chegaralarni bilmasligini koʻrib turibmiz. Rivojlanayotgan hattoki rivojlangan mamlakatlarda xam bu muammoga barxam berish yuzasidan jiddiy choralar koʻrishni talab qiladi.…

Ayollar haq-huquqi qonun himoyasida

Gender zoʻravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy chegaralarni bilmasligini koʻrib turibmiz. Rivojlanayotgan hattoki rivojlangan mamlakatlarda xam bu muammoga barxam berish yuzasidan jiddiy choralar koʻrishni talab qiladi.
Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish, zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish boʻyicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. 8 ta normativ-xuquqiy xujjat qabul qilindi, shundan ikkitasi qonunlardir. Shu bilan birga jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik xolatlari uchrab turibdi, bunday xolatlarni endi yashirib boʻlmaydi. Ammo baʼzi opa-singillarimiz oʻzlari bilan sodir boʻlgan zoʻravonlik xolatlarini oshkor qilmaslikni afzal koʻrishlarini xam yaxshi bilamiz.
Ushbu yoʻnalishda dastlabki qadamlar qoʻyildi, ammo oldinda uzoq va mashaqqatli ishlar turibdi. Bu kurashda xar birimizning ishtirokimiz muhim. Xotin-qizlarimizning xuquqlari davlat tomonidan kafolatlanganligi, xayotlari xavf ostida emasligiga ishonchni shakllantirish lozim. Xar bir ayol va qizning sifatli tibbiy hizmat va taʼlim olishi, munosib ish bilan taʼminlanishi, zarur xollarda ijtimoiy himoyalanishi yuzasidan davlatimiz tomonidan koʻplab chora-tadbirlar qonun loyixalari koʻrib chiqilmoqda. Xozirgi kunda ayol va qizlarimizni oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida taʼlim olishlari uchun kontrakt toʻlovlarini davlat tomonidan toʻlab berilishi, ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan ayollarimizga davlat tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatib kelinayotganligining oʻzi mamlakatimizda ayollarga boʻlgan eʼtiborning yuksakligini isbotlaydi.
BMT maʼlumotlariga koʻra, 15 yoshdan oshgan xar uchinchi ayol xayoti davomida kamida bir marta boʻlsa xam jismoniy yoki jinsiy zoʻravonlikka uchramoqda.
2021 yilning may oyida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, u zoʻravonlikka uchragan ayollarga yordam koʻrsatish tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zoʻravonlikni oldini olish va uning salbiy oqibatlariga barxam berishga qaratilgan edi. Maxalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida 29 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi tashkil etildi. Shu vaqtgacha reailitatsiya markazlari nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib kelgan boʻlsa, endilikda ularning faoliyati toʻliq davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilandi. Taʼziq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatish va tezkor ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, maslaxat berish va axborot taqdim etish maqsadida ishonch telefonlari milliy platformalar ishga tushirilgan, joylarda ayollarning davlat tomonidan xuquqiy ximoyalanganligi yuzasidan tushuntirishlar berib borilmoqda, xotin-qizlarimizning xuquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan joylarda chekka-chekka xududlargacha koʻpgina chora-tadbirlar xuquqiy kechalar olib borilmoqda.

D.U.Almuratova, Viloyat sudi sudyasi

Mavzuga oid