Bezorilarga sud hukmi oʻqildi
Bezorilik – jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat boʻlib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimas¬likda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-doʻpposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki oʻzganing mulkiga ancha…
Bezorilik – jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat boʻlib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimas¬likda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-doʻpposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki oʻzganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bogʻ¬liq holda sodir etiladi.
Sudlanuvchi M.Samiyeva va S.Xamdamovlarga (ism familiyalari oʻzgartirilgan) 2023 yil 21 oktyabr kuni soat 19-30da jamoat joyi hisoblangan, Shoʻrchi tumani “Koʻklam” mahallasida joylashgan “Turon” nomli umumiy ovqatlanish joyining old sohasida, hech bir sababsiz bir-birlari bilan janjallashib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, atrofda odamlarning tinchligini buzayotganligini anglagan holda, S.Xamdamov M.Samiyevani tanasiga qoʻllari bilan urib doʻpposlab, M.Samiyeva esa kishining sogʻligʻi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan narsalarni qurol sifatida namoyish qilib, ularni S.Xamdamovga qarata otgan holda qoʻllab, shuningdek, qoʻllari bilan urib, doʻpposlab bezorilik jinoyatini qasddan sodir etishgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan joriy yilning 4 aprel kuni koʻrib tamomlangan jinoyat ishi boʻyicha, M.Samiyeva va S.Xamdamovlarga sud hukmi oʻqildi.
Darhaqiqat, mahkumlar M.Samiyeva va S.Xamdamovlarga nisbatan tayinlangan jazo nafaqat ularni axloqan tuzatish, ularning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga toʻsqinlik qilish balki boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyat sodir etishining oldini olsa ne ajab.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining sudyasi Sh.A.Qodirov