Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Bishkekda bayroqni oʻzgartirishga qarshi miting boʻlib oʻtdi

Bugun, 9 dekabr kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda davlat bayrogʻini oʻzgartirishga qarshi miting boʻlib oʻtdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi. Miting tashkilotchisi boʻlgan aktivist Aftandil Joʻrabekov hibsga olinganiga qaramay,…

Bishkekda bayroqni oʻzgartirishga qarshi miting boʻlib oʻtdi

Bugun, 9 dekabr kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda davlat bayrogʻini oʻzgartirishga qarshi miting boʻlib oʻtdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Miting tashkilotchisi boʻlgan aktivist Aftandil Joʻrabekov hibsga olinganiga qaramay, namoyish boʻlib oʻtdi. Poytaxtdagi Gorkiy yodgorligi yonidagi bogʻda odamlar toʻplandi, ular oʻzlari bilan bayroqlarni olib keldi. 

Ayrim nashrlarning yozishicha, qor yogʻganiga qaramay yuzga yaqin odam mitingga chiqib, davlat madhiyasini kuylagan. Ular bayroqdagi nurlar tasvirini oʻzgartirmaslik va Jogorku Kenesh deputatlari tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etishni talab qildi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston parlamenti spikeri Nurlan Shakiyev va deputat Ulan Primov bayroqdagi quyosh nurlari shaklini toʻlqinlidan toʻgʻriga oʻzgartirishni taklif qilgan qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Parlament aʼzolarining taʼkidlashicha, odamlar bu tasvirni turlicha talqin qilishadi: kimdir uchun u kungaboqarga oʻxshaydi, boshqalari uchun u uyning “burjlari” ga oʻxshaydi. Tashabbus Prezident Sadir Japarov tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. 29 noyabr kuni Qirgʻiziston Jogorku Keneshi (parlamenti) deputatlari mamlakat davlat bayrogʻini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi.

Mavzuga oid