Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Bishkekda yana miting boʻlib oʻtdi

Bugun, 1 dekabr kuni Bi shkekdagi “Olamedin” bozorida savdogarlar miting oʻtkazdi. Bu haqda “24.kg” nashriga xabar qildi. Turli hisob-kitoblarga koʻra, namoyishda 300 ga yaqin odam qatnashgan, ular orasida “Taatan”, “Aziz” va…

Bishkekda yana miting boʻlib oʻtdi

Bugun, 1 dekabr kuni Bi shkekdagi “Olamedin” bozorida savdogarlar miting oʻtkazdi. Bu haqda “24.kg” nashriga xabar qildi.
Turli hisob-kitoblarga koʻra, namoyishda 300 ga yaqin odam qatnashgan, ular orasida “Taatan”, “Aziz” va “Chinor” bozorlarida ishlayotgan tadbirkorlar ham bor.

Savdogarlar hech qanday murosaga kelish niyatida emas. Agar 5 dekabr kuniga qadar ularning talablari eshitilmasa, namoyishchilar yana piketga chiqadi.
2024 yil 1 yanvardan Qirgʻizistonda savdo faoliyati uchun patent bekor qilinadi. “Dordoy” va “Qorasuv” bozorlari alohida soliq rejimiga oʻtmoqda. Unda mazkur bozorlarda nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilmasligi, soliq miqdori tovar aylanmasiga bogʻliq boʻlishi belgilab qoʻyilgan. Bunday holda, savdo faqat bozor ichida mumkin boʻladi.

“Orto-Say” bozori va “Madina” bozori ishchilari esa maxsus soliq rejimida ishlay olmasligidan norozi. Ular kassa apparatidan foydalanishlari kerak boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 30 noyabr kuni Bishkekda ham namoyishlar boʻlib oʻtdi. Uchta bozor savdogarlari miting oʻtkazdilar. “Dordoy”da maxsus soliq rejimiga oʻtishga norozilik bildirib, patent boʻyicha ishlashni davom ettirishni talab qildi.

Mavzuga oid