Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Boeing ikkita aviahalokatda aybdorligini tan oldi – “Reuters”

Boeing korporatsiyasi AQSh Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishdi va ikkita 737 MAX halokatidan keyin kechiktirilgan jinoiy ish boʻyicha kelishuvni buzganlik uchun firibgarlikda aybdor ekanini tan oldi. Bu haqda “Reuters” xabar…

Boeing ikkita aviahalokatda aybdorligini tan oldi – “Reuters”

Boeing korporatsiyasi AQSh Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishdi va ikkita 737 MAX halokatidan keyin kechiktirilgan jinoiy ish boʻyicha kelishuvni buzganlik uchun firibgarlikda aybdor ekanini tan oldi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Vazirlik 30 iyun kuni tegishli taklif bilan chiqdi va mulohaza yuritish uchun bir hafta vaqt berdi. Qaror federal sudyaning roziligini talab qiladi va “AQSh Mudofaa vazirligi va NASA bilan hukumat shartnomalarini tuzish imkoniyatiga tahdid soladi”.

“Ammo shu yoʻl bilan kompaniya sud jarayonlaridan qochadi, bu esa Boeing samolyoti halokatiga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishi mumkin”, deb yozadi nashr.

Gap Boeing 737 MAX samolyotining Indoneziya va Efiopiyada halokatga uchragani haqida ketmoqda. Birinchisi 2018 yil oktyabr oyida yuz berdi: Indoneziyaning Lion air samolyoti Yava dengiziga qulab tushdi va 189 kishi halok boʻldi. 2019 yilning mart oyida Efiopiya havo yoʻllari samolyoti qulab, 157 kishi halok boʻlgan edi. Ikkala holatda ham uchuvchilar parvozni boshqarish bilan bogʻliq muammolar haqida xabar berdi. Qurbonlarning oilalari voqea uchun javobgarlikni Boeing zimmasiga qoʻyishni talab qilmoqda.

Ushbu ofatlarning sababi nuqson – notoʻgʻri datchik koʻrsatkichlari boʻlib, bu qulashga olib keldi.

Boeing kompaniyasi 737 MAX’ning notoʻgʻri ishlashi haqida regulyatorlarni aldash bilan bogʻliq firibgarlikda ayblanmoqda.

2021 yilda kompaniya AQSh Adliya vazirligi bilan shartnoma tuzgan boʻlib, unga koʻra, firibgarlik ayblovlarini olib tashlash evaziga falokatlardan keyin ishlab chiqilgan muvofiqlik dasturiga uch yil amal qilish kerak edi.

Shuningdek, korporatsiya 243,6 million dollar miqdorida qoʻshimcha jarima (u kechiktirilgan jinoiy ish boʻyicha kelishuvning bir qismi sifatida xuddi shuncha miqdorda jarima toʻlagan) toʻlashi va korporativ monitorni uch yilga tayinlashi kerak boʻladi.

Samolyot ishlab chiqaruvchisi xavfsizlik va muvofiqlik dasturlarini ishlab chiqish uchun kamida 455 million dollar sarmoya kiritishga rozi boʻldi.

Taʼqib qilmaslik toʻgʻrisidagi kelishuv muddati tugashiga ikki kun qolganida Alaska Airlines samolyoti halokatga uchradi. 2024 yil yanvar oyida taxminan 5 km balandlikdagi parvoz paytida Boeing 737 MAX 9 samolyotining favqulodda chiqish lyuki chiqib ketdi. Samolyot kabinadagi bosim pasayganligi sababli Portlend aeroportiga favqulodda qoʻngan. Hech qanday zarar yoʻq.

Oʻshanda AQSh Adliya vazirligi va AQSh Federal Aviatsiya maʼmuriyati Boeing’ga qarshi yana bir tergov boshladi. Milliy transport xavfsizligi kengashining dastlabki hisobotida aytilishicha, lyukda toʻrtta oʻrnatish murvati boʻlmagan.

Ushbu baxtsiz hodisadan keyin kompaniyadagi inqiroz sharoitida Boeing 737 MAX samolyotlari uchun konstruktsiyalarni ishlab chiqaradigan asosiy yetkazib beruvchisi Spirit AeroSystems kompaniyasini 4,7 milliard dollarga sotib oldi.

Kompaniya ushbu xarid ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligini oshirishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid