Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

“Boylik baxt keltirmaydi”. Yevropaning “eng baxtsiz” davlatlari eʼlon qilindi

YeIning “eng baxtli” va “baxtsiz” mamlakatlari roʻyxati eʼlon qilindi. Roʻyxat Yevropa Ittifoqining rasmiy statistika agentligi Eurostat tomonidan tashkilotga aʼzo mamlakatlar aholisining oʻz hayotidan qanchalik mamnunligi…

“Boylik baxt keltirmaydi”. Yevropaning “eng baxtsiz” davlatlari eʼlon qilindi

YeIning “eng baxtli” va “baxtsiz” mamlakatlari roʻyxati eʼlon qilindi. Roʻyxat Yevropa Ittifoqining rasmiy statistika agentligi Eurostat tomonidan tashkilotga aʼzo mamlakatlar aholisining oʻz hayotidan qanchalik mamnunligi oʻrganilgan holda tuzilgan. 

Shuningdek, soʻrovnomada qatnashgan shaxslardan kelajak haqida qanchalik optimistik yoki vaziyatga qarab, qanchalik pessimist ekani soʻralgan.

Yevropaning eng baxtli mamlakati deb Yevropaning markazida joylashgan Avstriya davlati topilgan. Birinchi uchlikdan ittifoqning eng qashshoq davlatlaridan biri boʻlgan Polsha va Ruminiya ham joy olgan. 

Qizigʻi Yevropa Ittifoqining eng boy davlatlaridan biri boʻlgan Germaniya roʻyxatning oxiridan ikkinchi oʻrinda turibdi. Eng quyi pogʻonadan esa Bolgariya joy olgan.

Bundan koʻrinib turibdiki “Mamlakat qanchalik boy boʻlsa, xalqi shunchalik baxtli boʻladi”, degan taxmin oʻzini oqlamaydi. Germaniya 27 davlat orasida eng kuchli iqtisodiyotga ega, ammo baxt nuqtai nazaridan unchalik havas qilarli emas.

Buning oʻrniga, tadqiqotda yosh, taʼlim darajasi, oilaviy va moliyaviy ahvol kabi omillar boylikdan farqli oʻlaroq, yashashdan umumiy qoniqishning koʻprogʻini koʻrsatishi maʼlum boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilda baxt indeksida 7,1 ball toʻplagan Germaniyada joriy yilda bu nisbat 6,5 ga tushgan. Kyolnda joylashgan Reynold Instituti oʻtgan hafta eʼlon qilingan soʻrovnomada ham nemislarning katta qismi “tashvishli, befarq va odamovi” ekanligi aytilgan.

Germaniya iqtisodiy turgʻunlikdan tashqari, Ukrainadagi urush, immigratsiyaning misli koʻrilmagan oʻsishi kabi muammolari bilan ham kurashmoqda.

Bolgariya, Ruminiya, Litva, Slovakiya, Portugaliya, Vengriya, Xorvatiya, Kipr, Germaniya va Sloveniyada shahar aholisi hayotdan koʻproq mamnun ekanliklarini aytishgan boʻlsa, Malta, Avstriya, Finlyandiya, Niderlandiya, Belgiya, Irlandiya, Shvetsiya, Daniya va Lyuksemburgda qishloq aholisi oʻzlarini koʻproq baxtli hisoblashi aniqlangan.

Boshqa tomondan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 16-29 yoshdagi odamlar 65 yoshdan oshganlarga qaraganda hayotdan qoniqish darajasi yuqoriroq boʻlgan. 

Shuningdek, farzandli oilalar, yolgʻiz oilalarga qaraganda baxtliroq ekanini aytgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlatlarining farovonlik darajasi boʻyicha reytingi eʼlon qilingan edi.

Mavzuga oid