Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Bugun Abdulla Qodiriy tavalludiga 129 yil toʻldi

Yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, XX asr oʻzbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrining Eskijoʻva mahallasida tavallud topgan. 1937…

Bugun Abdulla Qodiriy tavalludiga 129 yil toʻldi

Yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, XX asr oʻzbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrining Eskijoʻva mahallasida tavallud topgan.

1937 yilning 31 dekabr kuni NKVD xodimlari adibni oilasi bagʻridan olib ketadi. Bemor yotgan oʻgʻli bilan vidolashishga ham imkoni boʻlmagan Qodiriy 1938 yilning 4 oktyabrida qatl etiladi. Uning oʻldirilishi haqidagi hukm esa 5 oktyabrda chiqadi.

Istiqlolning ilk yillarida Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofoti, “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlandi. Poytaxtimizdagi bogʻlardan, metro bekatlaridan, koʻchalardan biriga Abdulla Qodiriy nomi berildi.

2019 yili Abdulla Qodiriy ijod maktabi qurib, foydalanishga topshirildi. Eski shaharga koʻchirib kelingan “Turon” kutubxonasi binosida Abdulla Qodiriy nomidagi muzey ochildi.

Mavzuga oid