Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Dekabr oyining sovuq kunlarida mahalliy qozonxonalar ehtiyojlari uchun 31 ta generator oʻrnatildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan Veolia Energy Tashkent kompaniyasi bosh muhandis oʻrinbosari Ikrom Isoqov maʼlum qildi: Bugun Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan elektr taʼminotida uzilish yuz bergan Olmazor tumanidagi 1…

Dekabr oyining sovuq kunlarida mahalliy qozonxonalar ehtiyojlari uchun 31 ta generator oʻrnatildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan Veolia Energy Tashkent kompaniyasi bosh muhandis oʻrinbosari Ikrom Isoqov maʼlum qildi:

Bugun Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan elektr taʼminotida uzilish yuz bergan Olmazor tumanidagi 1 va 111-maktablarni issiqlik bilan taʼminlovchi mahalliy qozonxonalarga umumiy quvvati 210 kVt boʻlgan 2 ta generator oʻrnatildi.

Har bir kompaniyaning tuman boʻlimida elektr taʼminoti uzilib qolganda tezkor harakat qilish uchun zaxira generatori xam mavjud.

Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish va aholini murojatlarini tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun xar bir tumanda Veolia Energy Tashkent dispetcherlik taʼminoti va sozlash boshqarmasi (DTSB) xam faoliyat yuritmoqda.

Avariya xolatlarini tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun 264 hodimdan iborat 22 avariya tiklov guruxlari va 74 maxsus texnika faoliyat olib borishmoqda.

Mavzuga oid