Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Dron hujumlari tufayli Rossiyada yoqilgʻi ishlab chiqarish kamayadi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodlariga Ukraina dronlarining hujumlari tufayli haftalik benzin va dizel ishlab chiqarish qisqarishda davom etmoqda. Bu haqda kecha, 27 mart kuni Rosstat maʼlumotlariga tayanib, «Novaya gazeta…

Dron hujumlari tufayli Rossiyada yoqilgʻi ishlab chiqarish kamayadi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodlariga Ukraina dronlarining hujumlari tufayli haftalik benzin va dizel ishlab chiqarish qisqarishda davom etmoqda. Bu haqda kecha, 27 mart kuni Rosstat maʼlumotlariga tayanib, «Novaya gazeta Yevropa» xabar berdi.

Nashr hisob-kitoblariga koʻra, 18-24 mart kunlari Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarida 754,6 ming tonna benzin va 1,648 million tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 14,3 va 7 foizga kamdir.

«Kommersant» nashrining yozishicha, Rossiyada 13-19 mart kunlari benzin ishlab chiqarish oldingi haftaga nisbatan 3,9 foizga, ishlab chiqarish rejasiga nisbatan esa 5,2 foizga kamaygan. Bunga Nijniy Novgorod, Ryazan va Sizran neftni qayta ishlash zavodlariga uchuvchisiz samolyotlar hujumi sabab boʻlgan.

«Zaxiralar tufayli ichki bozorga yetkazib berish bir xil darajada saqlanib qoldi», deb yozadi gazeta.

Qayd etish joizki, mart oyida Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar kuchaydi. Xususan, 12 mart kuni Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri – Nijniy Novgorod neftni qayta ishlash zavodida yongʻin sodir boʻldi, 13 mart kuni esa dronlar Ryazan neft zavodi va Rostov-Donu yaqinidagi Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. 16 mart kuni dronlar Samara viloyatidagi ikkita neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilgan va hujumlardan keyin ikkala zavodda ham yongʻin boshlangan. 17 martga oʻtar kechasi Slavyansk-na-Kuban shahridagi Slavyansk neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qilishga uringan va ulardan birining qulashi oqibatida yongʻin chiqqan.

«Novaya gazeta Yevropa»ning hisob-kitoblariga koʻra, mart oyining oʻrtalariga kelib, Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan qilingan hujumlar Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobil yoqilgʻisining taxminan oltidan bir qismiga (16%) taʼsir koʻrsatgan.

«Financial Times» esa Qoʻshma Shtatlar Ukrainani Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni toʻxtatishga chaqirganini yozdi.

Manbaga koʻra, bu chaqiriq AQShning neftning jahon narxlari oshishidan qoʻrquvi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining gʻarbiy qismida joylashgan mamlakatning neftni qayta ishlash zavodlari, terminallari, omborlari va neft omborlariga qilingan hujumlarga munosabati bilan bogʻliq.

Ukrainada neftni qayta ishlash zavodlari harbiy nuqtai nazardan qonuniy nishon sifatida tasvirlangan.

Mavzuga oid