Dublinda jazoirlik ekani aytilgan erkak bolalarga hujum qildi (video)
23-noyabr, payshanba kuni kechqurun Dublinning bir qancha hududlarida tartibsizliklar boshlandi. Koʻchaga chiqqanlar muhojirlarga qarshi shiorlar aytdi. Tartibni tiklash uchun politsiya qoʻshimcha kuchlarni talab qildi.…
23-noyabr, payshanba kuni kechqurun Dublinning bir qancha hududlarida tartibsizliklar boshlandi. Koʻchaga chiqqanlar muhojirlarga qarshi shiorlar aytdi. Tartibni tiklash uchun politsiya qoʻshimcha kuchlarni talab qildi.
Tartibsizliklarga bolalar bogʻchasi yaqinidagi hujum sabab boʻlgan.
Internetda hujumchi asli Jazoirdan ekanligi haqida maʼlumotlar tarqalmoqda, biroq buning rasmiy tasdigʻi yoʻq. Politsiya jinoyatchining millati haqida izoh berishdan bosh tortdi.
Hujum kunning ikkinchi yarmida Parnell-skver-Istdagi bolalar bogʻchasi yaqinida sodir boʻlgan. Jinoyatchi deb taxmin qilingan shaxs uch bola va ularni himoya qilmoqchi boʻlgan tarbiyachini jarohatlagan. Ikki kishi — besh yoshli qiz va 30 yoshli ayol ogʻir jarohat olgan. Hujumchi politsiya yetib kelguniga qadar oʻtkinchilar tomonidan qoʻlga olingan. Ushlash vaqtida u ham yaralangan.