Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Dunyoda birinchi marta butun koʻz transplantatsiyasi AQSHda amalga oshirildi

Nyu-York universiteti Langona tibbiyot markazi jarrohlar jamoasi birinchi marta inson koʻzini koʻchirib oʻtkazish operatsiyasini amalga oshirdi. Bu haqda Nyu-York universiteti tibbiyot markazi xabar berdi. Qayd…

Nyu-York universiteti Langona tibbiyot markazi jarrohlar jamoasi birinchi marta inson koʻzini koʻchirib oʻtkazish operatsiyasini amalga oshirdi.

Bu haqda Nyu-York universiteti tibbiyot markazi xabar berdi. Qayd etilishicha, bemor Arkanzas shtatida yashovchi 46 yoshli harbiy faxriy boʻlib, ish joyida yuqori kuchlanishli elektr toki urishini boshdan kechirgan.

Tibbiyot markazi maʼlumotlariga koʻra, operatsiya 2023-yilning 27-mayida oʻtkazilgan va taxminan 21 soat davom etgan.
Unda 140 dan ortiq jarroh, hamshira va boshqa tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Mavzuga oid