Erdoʻgʻon Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlishini rasman maʼqulladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Hujjat hukumatning Resmi Gazete gazetasida eʼlon qilindi, deb yozadi Anadolu. 23 yanvar kuni Turkiya parlamenti…
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Hujjat hukumatning Resmi Gazete gazetasida eʼlon qilindi, deb yozadi Anadolu.
23 yanvar kuni Turkiya parlamenti protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi.
Vengriya Shvetsiyaning alyansga qoʻshilish arizasini hali ratifikatsiya qilmagan NATOga aʼzo yagona davlat boʻlib qolmoqda. NATOga aʼzo boʻlish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha aʼzolari tomonidan maʼqullanishi kerak.
Shvetsiya Finlyandiya bilan birga 2022 yilning yozida NATOga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirgan.
Finlyandiya 2023 yil aprel oyida NATOga aʼzo boʻldi. Shvetsiyaning NATOga kirishi Turkiyaning Shvetsiyani Kurdiston ishchilar partiyasi (Anqara uni “terrorchi tashkilot” deb hisoblaydi) aʼzolariga boshpana berganlikda ayblagan qarshiliklari tufayli kechiktirildi.