Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Eron eronofobiya bilan kurashmoqchi”

Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilishni maʼqulladi. Bu haqda mamlakat madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vaziri Izzatulloh Zargʻamiy maʼlum qildi, deb xabar beradi…

“Eron eronofobiya bilan kurashmoqchi”

Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilishni maʼqulladi. Bu haqda mamlakat madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vaziri Izzatulloh Zargʻamiy maʼlum qildi, deb xabar beradi “Irna” agentligi.

Viza rejimi bekor qilingan mamlakatlar orasida Oʻzbekiston ham bor. Shuningdek, roʻyxatdan BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Peru, Kuba, Meksika, Venesuela, Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, Xorvatiya, Belarus va boshqa davlatlar oʻrin olgan.

“Eron dunyo, odamlar bilan muloqot qilmoqchi, eronofobiya bilan kurashmoqchi. Viza rejimining bir tomonlama bekor qilinishi Eronga bemalol keladigan chet el fuqarolari bilan muloqot qilish uchun imkoniyatdir”, — deydi Zargʻamiy.

Mavzuga oid