Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Eronda prezidentlik saylovlari boshlandi

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi. 14-chaqiriq Prezident saylovida 61 million 452 ming 321 saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Prezidentlik uchun toʻrt nomzod…

Eronda prezidentlik saylovlari boshlandi

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi.

14-chaqiriq Prezident saylovida 61 million 452 ming 321 saylovchi ovoz berish huquqiga ega.

Prezidentlik uchun toʻrt nomzod kurashadi: Masud Pezeshkian, Mustafo Pourmohammadi, Said Jalili va Muhammad Bagir Gʻolibaf.

Eslatib oʻtamiz, 19 may kuni Xudaferindan Tabrizga uchayotgan bortda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon, Eron oliy rahbarining Tabrizdagi vakili Muhammad Ali Hoshimiy va Sharq gubernatori boʻlgan vertolyot halokatga uchradi.

Eron prezidenti va unga hamrohlik qilayotgan butun delegatsiya halok boʻlgan edi. 

Mavzuga oid