Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Ertaga Yerni kuchli magnit boʻroni qoplaydi

Yerni 6 va 7 mart kunlari kuchli magnit boʻronlari qoplaydi. Bu haqda sunʼiy yoʻldosh tizimlari va dunyo boʻylab ilmiy xalqaro meteorologiya laboratoriyalari maʼlumotlaridan foydalangan holda onlayn prognozni amalga oshiruvchi…

Ertaga Yerni kuchli magnit boʻroni qoplaydi

Yerni 6 va 7 mart kunlari kuchli magnit boʻronlari qoplaydi. Bu haqda sunʼiy yoʻldosh tizimlari va dunyo boʻylab ilmiy xalqaro meteorologiya laboratoriyalari maʼlumotlaridan foydalangan holda onlayn prognozni amalga oshiruvchi Meteoagent xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 6 mart kuni K-indeksida 6 darajada magnit boʻroni boʻlishi kutilmoqda, 7 mart kuni esa bu koʻrsatkich 4 darajani tashkil qiladi. 19 va 26 mart kuni ham kuchli geomagnit toʻlqini kuzatiladi. Bu kunlar hatto sogʻlom odamlar ham salomatligidagi oʻzgarishlardan shikoyat qiladi. Jumladan, bosh ogʻrigʻi, holsizlik, diqqatning pasayishi, asabiylashish kuzatilishi mumkin. Surunkali kasalliklarga chalingan odamlar va qariyalar oʻzini yomon his qiladi.

Magnit boʻronining salomatlikka taʼsiri

Magnit boʻronlari hatto oʻrta kuchga ega boʻlsa ham inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Magnit boʻronining salbiy taʼsirining eng keng tarqalgan koʻrinishlari quyidagilar:

  • bosh aylanishi va bosh ogʻrigʻi;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bogʻliq muammolar;
  • qon bosimning buzilishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • ogʻriqlar, shuningdek, boʻgʻimlardagi ogʻriq;
  • ishtaha buzilishi va koʻngil aynish;
  • holsizlik hissi.

Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat rattsionidan yogʻli va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, oʻsimliklardan tayyorlangan choy isteʼmol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit boʻroni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qoʻshadi.

Mavzuga oid