Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Frantsiya Bosh vaziri isteʼfoga chiqmoqchi

Frantsiya Bosh vaziri Gabriel Attal bugun, 8 iyulga oʻtar kechasi Prezident Emmanuel Makronga oʻz isteʼfosini taqdim etishini aytdi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi. Bosh vazirning bayonoti navbatdan tashqari…

Frantsiya Bosh vaziri isteʼfoga chiqmoqchi

Frantsiya Bosh vaziri Gabriel Attal bugun, 8 iyulga oʻtar kechasi Prezident Emmanuel Makronga oʻz isteʼfosini taqdim etishini aytdi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazirning bayonoti navbatdan tashqari parlament saylovlarining dastlabki natijalari eʼlon qilinganidan keyin yangradi.

Attal yangi saylangan deputatlarni tabriklab, parlamentni tarqatib yuborishni istamasligini, shuning uchun uning oqibatlari uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmasligini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, ularning ittifoqi Frantsiyada oʻtkazilgan navbatdan tashqari parlament saylovlarining ikkinchi bosqichi natijalariga koʻra mutlaq koʻpchilik 289 oʻringa ega boʻlmagan.

“Bu saylovda men vakillik qilayotgan siyosiy guruh bugun kechqurun koʻpchilik ovozni qoʻlga kirita olmadi. Respublika anʼanalari va oʻz printsiplarimga koʻra, ertaga ertalab Prezidentga isteʼfoga chiqish arizamni topshiraman”, deydi u.

Hukumat rahbari ushbu tun frantsuz xalqi uchun yangi davrni boshlashini taʼkidladi.

Bosh vazir bu saylovda oʻta oʻnglar tarixiy darajaga yetganini taʼkidladi. Attal 61,62 foiz ovoz olib, Hauts-de-Seine 10-saylov okrugi boʻyicha parlament deputati etib saylandi.

Mavzuga oid