Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga berilgan havo hujumiga xalqaro munosabat: “Dahshatli, shafqatsiz va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan”

Misr, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bir necha yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan G‘azo sektoridagi shifoxonaga berilgan aviazarbani “eng kuchli tilda” qoraladi. Misrdan so‘ng Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo…

G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga berilgan havo hujumiga xalqaro munosabat: “Dahshatli, shafqatsiz va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan”

Misr, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bir necha yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan G‘azo sektoridagi shifoxonaga berilgan aviazarbani “eng kuchli tilda” qoraladi.

Misrdan so‘ng Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo havo hujumini “dahshatli va mutlaqo qabul qilib bo‘lmas” deb atadi.

Iordaniya havo hujumini qoraladi va Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on “G‘azodagi misli ko‘rilmagan shafqatsizlikni” to‘xtatishga chaqirdi.

MedGlobal xalqaro xayriya tashkiloti rahbari Zaher Sahlul bu hujumni 21-asrdagi tibbiyot muassasasiga qilingan eng dahshatli hujum, harbiy jinoyat, tibbiyot muassasalarining betaraflik tamoyili va Jeneva konvensiyasining buzilishi deb atadi.

Al Arabiya telekanali G‘azo sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi manbasiga tayanib xabar berishicha esa, qurbonlar soni 800 kishi. Ammo bu faqat fors tilida taqdim etilgan yangiliklardagi raqam. Arab va ingliz tilida taqdim etilgan ma’lumotlarda esa qurbonlar soni 500 nafar.

Mavzuga oid