Gʻazoda qurbonlar soni 11 mingga yaqinlashdi
Isroilning Gʻazo sektoridagi zarbalari va hujumlari qurbonlari soni 10 812 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Britaniya OAVlari HAMAS nazoratidagi hudud sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib. Rasmiylarga koʻra, halok…
Isroilning Gʻazo sektoridagi zarbalari va hujumlari qurbonlari soni 10 812 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Britaniya OAVlari HAMAS nazoratidagi hudud sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib.
Rasmiylarga koʻra, halok boʻlganlar orasida 4412 nafari bolalardir.
Ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, Isroil bu maʼlumotlarni shubha ostiga oladi va ularni tekshirish mumkin emas deb daʼvo qilishadi. Biroq, BMT, JSST aksincha bu raqamlar haqqoniy ekaniga ishonishadi.