Gʻazoga AQSh, Frantsiya va Germaniya harbiylari kiritilishi mumkin – OAV
Isroil xavfsizlik bloki quruqlikdagi operatsiya yakunlangach, AQSh, Frantsiya va Germaniya ishtirokida Gʻazo sektoriga xalqaro kontingentni joylashtirish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Bu haqda Isroil televideniyesining 12-kanali xabar…
Isroil xavfsizlik bloki quruqlikdagi operatsiya yakunlangach, AQSh, Frantsiya va Germaniya ishtirokida Gʻazo sektoriga xalqaro kontingentni joylashtirish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Bu haqda Isroil televideniyesining 12-kanali xabar berdi.
Taklif etilayotgan variantlardan biriga koʻra, maʼmuriy organlar tarkibiga Gʻazo sektori ishbilarmon doiralari vakillari va Falastin hukumati rasmiylari kiradi. Aytilishicha, loyiha mualliflari xalqaro kontingentning Gʻazoda qancha vaqt qolishi haqida maʼlumot bermagan.
Bundan tashqari, Isroil tunnellar orqali qurol kontrabandasining oldini olish uchun Gʻazo va Misr oʻrtasidagi butun chegara boʻylab “er osti toʻsigʻi” yaratmoqchi. Bundan tashqari, xalqaro kuchlar va Isroil nazorati ostida ishlaydigan Rafah nazorat-oʻtkazish punktida yangi terminal qurish taklif qilinmoqda.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, yaqin kunlarda ushbu loyiha AQShning yuqori martabali rasmiylariga taqdim etiladi