Giyohvandlik yetishtirish oqibati jazo qoʻllash bilan yakunlandi
Jamiyatimizda erkaklarni giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etishi va ularga nisbatan koʻrilayotgan choralar haqida tez-tez xabar beriladi, biroq ayollarning bu toifadagi jinoyatni…
Jamiyatimizda erkaklarni giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etishi va ularga nisbatan koʻrilayotgan choralar haqida tez-tez xabar beriladi, biroq ayollarning bu toifadagi jinoyatni sodir etishlari kam uchraydi.
Navbahor tumanida yashovchi fuqaro A.Usmonova (ismi-sharifi oʻzgartirilgan) 2 nafar farzandli, tibbiyot sohasida faoliyat yuritadi.
Gap shundaki u 2021 yil aprel oyining oxirlarida Navbahor tumanidagi yashash xonadoni tomorqasida anor va olma daraxtining orasiga jami 10 tup Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining
2018 yil 27 oktyabrdagi №878-sonli qaroriga asosan giyohvandlik vositalari turkumiga kiruvchi va fuqarolar tomonidan isteʼmol qilinishi taqiqlangan “Kannabis” giyohvandlik oʻsimligining urugʻlarini ekib, ularni yetishtirib, parvarish qilib kelganligi 2021 yil 28 may kuni ichki ishlar xodimlari tomonidan aniqlangan va giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi tomonidan sudya A.Ibodovning raisligida koʻrilgan jinoyat ishida, A.Usmonova Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 270-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topildi va unga shu modda bilan bir yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, A.Usmonovaning zimmasiga ozodlikni cheklash jazosini oʻtash davrida bir qancha taʼqiq va cheklashlar yuklatildi.
Baxodir Farmonov
Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudining devonxona mudiri