Hurmatli isteʼmolchilar!
Oʻzbekistonda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yogʻingarchiliklar sababli, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmoli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda.…
Oʻzbekistonda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yogʻingarchiliklar sababli, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmoli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali fuqarolardan yopiq gaz uskunalari, xususan, gaz plitalari, isitish va issiq suv uskunalari hamda dudburonlardan foydalanishdan oldin ularga texnik xizmat koʻrsatish kerakligini soʻrab qoladi.
Shuni yodda tutish kerakki, is gazi bilan zaharlanish, yongʻinlar, gaz-havo aralashmasi va boshqa shunga oʻxshash hodisalar bilan bogʻliq favqulodda holatlar koʻpincha qoʻlbola isitish moslamalari (“tarakan” pechkasi, “qozonli pechka”, “sandal”), shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi (ventilyatsiya) va dudburonlar nosozliklar tufayli sodir boʻladi.
Shu oʻrinda isteʼmolchilarimizdan yana bir bora dudboronlarining sozligini, tozaligini, isitish uskunalarini gaz tarmogʻiga ulashdan oldin koʻzdan kechirib, filialda tashkil etilgan gaz uskunalariga texnik xizmat korsatish xizmatidan foydalanishlaringizni tavsiya etamiz. Bu oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi kafolati demakdir!
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali xalqimizni isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilish lozimligi haqida iltimos qiladi.
Agar sizda gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelganda, kecha-kunduz ishlovchi telefon raqamlariga (76) 221-25-10, “104” va “Sall-senter”ga bogʻlanish uchun (76) 221-05-97 raqamlariga murojaat qiling .
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali viloyatimizdagi har bir oilaga, har bir xonadonga iliqlik, ezgulik va farovonlik tilaydi.