Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Islom Karimov xotirasi qalblarda mangu yashaydi

​​Islom Abdugʻaniyevich Karimov – Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti (1938-2016 y.y.) Islom Karimov 1989 yildan 2016 yilga qadar mamlakatni boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi. 1991 yil 31…

Islom Karimov xotirasi qalblarda mangu yashaydi

​​Islom Abdugʻaniyevich Karimov – Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti (1938-2016 y.y.)

Islom Karimov 1989 yildan 2016 yilga qadar mamlakatni boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.

1991 yil 31 avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini eʼlon qildi. 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. U xalq dardiga quloq tutdi, tinchlik va osoyishtalikni taʼminladi, koʻp millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yoʻlida birlashtirib, islohotlarga safarbar etdi. Oʻzbek xalqining ulugʻ farzandi, mustaqil Oʻzbekiston davlati asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni ogʻir xastalikdan soʻng 78 yoshida vafot etdi. Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017 yil 31 avgust kuni Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida uning birinchi haykali tantanali ochildi. Shuningdek, Birinchi Prezident haykallari 2017 yil 2 sentyabrda Samarqandda, 2018 yil 30 yanvarda Qarshida va 2018 yil 18 oktyabrda Moskvada ochildi. Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universitetiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Fargʻonadagi sanʼat saroyiga, Asakadagi avtomobil zavodiga hamda bir qator koʻchalarga Islom Karimov nomi berildi.

Mavzuga oid