Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Isroil armiyasi Gʻazoning Buyuk masjidini vayron qildi

Isroil havo hujumi oqibatida Gʻazodagi Umar masjidi vayron boʻldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Nashrga koʻra, HAMAS guruhining bunday bayonoti ushbu harakat nazoratidagi OAV tomonidan keltiriladi, ular binoning qulagan…

Isroil armiyasi Gʻazoning Buyuk masjidini vayron qildi

Isroil havo hujumi oqibatida Gʻazodagi Umar masjidi vayron boʻldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashrga koʻra, HAMAS guruhining bunday bayonoti ushbu harakat nazoratidagi OAV tomonidan keltiriladi, ular binoning qulagan devorlari va tomi, shuningdek, minora tagidagi katta yoriqni aks ettiruvchi fotosuratlarni ham nashr etgan.
Suratlarning qachon olinganini aniqlashning imkoni boʻlmagan.
Umar masjidi (Buyuk masjid deb ham ataladi) Gʻazo shahrining eski kvartalida joylashgan boʻlib, u V asrda qurilgan va anklavdagi eng qadimgi va eng katta masjid hisoblanadi. U arablar istilosidan keyin masjidga aylantirilgan qadimgi nasroniylar ibodatxonasi oʻrnida joylashgan.

Ilgari masjid yaqinida yashagan, biroq Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urush boshlanganidan soʻng anklav janubiga evakuatsiya qilingan Gʻazo sektori aholisi “Reuters” agentligining bino vayron boʻlgani haqidagi xabarlariga izoh berib, Isroilning harakatlarini vahshiylik deb atagan.
Agentlik suhbatdoshlaridan biri 45 yoshli tikuvchi Ahmad Nemer Isroilni xotiralarni oʻchirishga urinayotganlikda ayblagan.

Falastin ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, masjid Isroil tomonidan qayta-qayta oʻqqa tutilgan.
Hisob-kitoblariga koʻra, urush boshlangandan beri anklavda 104 ta masjid vayron qilingan. Anklav rasmiylari qadimiy meʼmoriy yodgorliklarni himoya qilishni soʻrab UNESCO’ga murojaat qilgan.

Mavzuga oid